INGLIZ TILI FANI BO'YICHA MUSOBAQANING BIRINCHI BOSQICHI YAKUNLARI E'LON QILINDI
Muallif: . .
Sana: 29.11.2017
3252
Joriy yilning noyabr oyida Mir Arab oliy madrasasida talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada orttirish, iqtidorli talabalarni har tomonlama rag'batlantirish maqsadida oliy madrasa rektori Xaydar Yuldashxodjaev boshchiligida ingliz tili o'qituvchisi Cho'liev Isomiddin tomonidan 1-kurs talabalari orasida ingliz tili fanidan “STARTYER (Macmillan english)” kitobini mukammal o'zlashtirish bo'yicha musobaqa e'lon qilingan edi. 2017 yil 28 noyabr kuni mazkur musobaqa g'oliblarini aniqlash maqsadida Mir Arab oliy madrasasida tadbir o'tkazildi. Musobaqa yakuniga ko'ra 1-o'ringa Raximov Xolmurod, 2-o'ringa Teshaboev Sherzodbek, 3-o'ringa Karimov Dilshod sazovor bo'ldi. 1, 2 va 3-o'rinlarni egallagan musobaqa g'oliblari, shuningdek, o'z vazifasini yuksak mahorat, fidoiylik va tashabbuskorlik bilan bajarayotgan ingliz tili o'qituvchisi Cho'liev Isomiddinga oliy madrasa prorektori Azizxo'ja Inoyatov tomonidan minnatdorchilik bildirildi va esdalik sovg'alari topshirildi.

. .