SAUDIYA ARABISTONI HAJ MAVSUMIGA TAYYORGARLIKNI BOSHLADI
Muallif: . .
Sana: 03.03.2023
203

Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi xorijlik ziyoratchilar guruh rahbarlarini Qirollikka kelishidan oldin tayyorlash boʻyicha oʻqitish dasturini ishga tushirdi.

Dasturning maqsadi Saudiya Arabistonidagi “Nigoh-2030” loyihasi maqsadlariga muvofiq, ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, ziyoratlarni qulaylashtirish hamda diniy va madaniy tajribani boyitishdan iborat.
Mazkur tayyorlov kursini birinchi sessiyasi Kuala-Lumpurda boʻlib oʻtdi va unda 30 dan ortiq guruh rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzan ar-Robiʼa ishtirok etdi.
Mazkur dasturga muvofiq, bu yilgi Haj mavsumi boshlanishidan oldin mamlakatlarda navbatdagi sessiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, oʻquv dasturi haj ziyoratini batafsil tushuntirish, jamoatni boshqarishning barcha jihatlarini qamrab oladi.
Qolaversa, bu dasturda haj va umra ziyorati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilot va idoralar bilan hamkorlik qilish maqsad qilingan. Kelgusi bu loyiha haj va umra ziyoratchilariga koʻrsatiladigan maʼmuriy va koʻchma xizmatlar sifatini oshirishga hissa qoʻshadi va tinglovchilarni oʻqitish va tayyorlash uchun eng yaxshi dasturlarni taklif etadi.

. .