
Iqola va uning durust bo‘lish shartlari haqida gapirar ekanmiz unda ham boshqa kelishuvlarda shart qilinganidek rozilik, majlisning bir bo‘lishligi tovarning turgan bo‘lishligi va shu kabi narsalar shart qilindi. Demak, iqolani durust bo‘lish shartlarini quyida bayon qilamiz:
1. Rozilik. Iqola ikki aqdlashuvchini roziligi bilangina durust bo‘ladi. Ya’ni bu rozilikda majburlash bo‘lmasligi kerak. Chunki majburlash kelishuvni fasod qiladi.
Umumiy savdodagi rozilik savdo durust bo‘lishini shartidir. Iqola kelishuvni buzishlikdir. Aslida kelishuv sahih bo‘lib bog‘lanadi. SHuning uchun uni buzishlik ham rozilik asosida bo‘lishi kerak.
2. Majlisning bir bo‘lishi. Majlis bir bo‘lishligi iqoladagi shartdir. Iqola qavliy (gap bilan) bo‘lib buzdik deydimi yoki oldi berdi bilan bo‘ladimi buning e’tibori yo‘qdir.
Iqolada ham savdodagi kabi majlis shart qilingan ya’ni majlisda ijoь va qabul topilishligi lozim, chunki iqolada bayning ma’nosi bayning maqsadi bor. Bunda ham majlisning bir bo‘lishligi shart qilinadi. Lekin ba’zilar majlisning bir bo‘lishligi shart qilinmaydi, chunki ularning fikriga iqola savdoning fash qilinishligidir. Fash bo‘lsa majlisning bir bo‘lishligini talab qilmaydi.
3. Savdo moli ya’ni tovar qoim bo‘lishi va iqola qilish vaqtida mavjud bo‘lishi ya’ni oldida bo‘lishi.
Savdo molida ya’ni tovarda ham iqola qilinadigan vaqtda mavjud bo‘lishi shart qilinadi. Agar halok bo‘lgan bo‘lsa (ya’ni yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa) iqola durust emas, ammo iqola qilinayotgan vaqtda pulning bo‘lishligi (ya’ni pulni o‘zi bilan birga olib kelgan bo‘lishi) shart emas. Ikkalasining o‘rtasidagi farq savdoni iqola qilishlik savdodan qaytishlikdir. Savdodan qaytishlik esa savdo molini o‘sha vaqtda mavjudligi bilan bo‘ladi. Savdoning amalga oshishligiga pul bo‘lishligi shart emas. Aqd savdo moliga kelishiladi.
Yana sabablaridan biri aniq narsaga kelishiladi. Aniq narsa sotiladigan tovardir, pul emas. Chunki pul ta’inni ehtimol qilmaydi. Masalan, anashu kitobni olaman desa, manashu kitob ta’in topadi. SHundan boshqasini olishlik mumkin emas. Endi 10 mingga sotdim desa ana shu 10 ming 100 so‘mlik bo‘ladimi, 1000 so‘mlik bo‘ladimi farqi yo‘q. SHuning uchun savdoda ham iqolada ham pulning bo‘lishi shart emas.
Tovar haqiqattan ham hukman ham moldir.
Savdo molining halok bo‘lishligi sababidan savdoning hukmlarining o‘rni yo‘qligi kelib chiqadi. Shuning uchun iqola ham durust bo‘lmay qoladi. Tovar (sotib olingan narsa) ikki xil bo‘ladi. Birinchisi haqiqiy, ikkinchisi hukmiy.
Haqiqiy halok bo‘lishlikbu zohiriy va haqiqiy ta’birdir. Masalan, biror hayvonning o‘lib qolishi huddi toychoqning o‘lib qolishi kabidir.
Hukmiy halok esa biror qushning uchib ketishi (ya’ni bir qushni sotib olganu endi uni iqola qilmoqchi, qush esa uchib ketdi shunda hukmiy halok hisoblanadi). Uning qayrda yashashini yoki qaerga borib qo‘nganini bitlmaydi. Endi tovarni topshira olmaydigan bo‘lib qoldi.
Agar tovar iqola vaqtida qoim bo‘lsa, so‘ngra sotuvchiga qaytarishdan oldin halok bo‘lsa, pul o‘sha joyda mavjud bo‘ladimi yoki mavjud bo‘lmaydimi iqola botil bo‘ladi. Chunki undagi iqola savdoning ma’nosida edi. Tovarning halok bo‘lishi iqola qilgandan keyin qabul qilib olishdan oldin tovar halok bo‘lsa, savdodan keyin qabz qilishdan oldin halok bo‘lganga o‘qshaydi. Zero unga bayni botil bo‘lishlik hukmlari joriy bo‘ladi va keyin esa iqolaning botil bo‘lganligi vojib bo‘ladi.
Chunki iqolaning taqozosi ikkalasidan har biri sherigining qo‘liga berishligi edi. Ya’ni sherigining qo‘liga topshirmagani uchun iqola botil bo‘ladi.
Shu o‘rinda tovarni ba’zisi halok bo‘lsa shu masalaga ham ishora qilish kerak bo‘ladi. Agar tovarning hammasi halok bo‘lsa iqola botil bo‘ladi. Endi tovarning ba’zisi halok bo‘lsa, boqiy qolgani ni iqola qilish joiz bo‘ladi.
Ibni Himomning sharhi Fathul Qodiyr kitoblarida aytilishicha: agar tovarning ba’zisi halok bo‘lsa boqiy qolganida iqola joiz bo‘ladi, qolgan tovarga bay qoim bo‘lgani uchun.
Shodiyev Yusufjon
Mir Arab oliy madrasasi 3-bosqich talabasi
Eng ko'p o'qilgan Talaba minbari
