GʻAMXOʻR HUKUMAT – FUQAROLAR BAXTI
Muallif: . .
Sana: 25.02.2020
1264

Alloh taolo farzand neʼmatini ato qilib, uning shukrini ado qilish bilan birga uning haqlariga ham rioya qilishga buyurdi. Farzand –Yaratganning omonati. Farzandning hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligini xatarga qoʻyishga hech qaysi ota-onaning haqqi yoʻq. Afsuski, bu haqiqatni barcha

ota-onalar birday anglamaydilar. Oqibatda, ular bosgan notoʻgʻri qadamning jabrini yosh goʻdaklar tortadi.

Iroq va Suriya davlatlarida jihodga targʻib qiluvchi soxta chaqiriqlarga aldanib, urush oʻchoqlariga ahli ayoli va yosh bolalarini ham olib ketganlarning qilmishlari fikrimizning isbotidir. Ularning oʻylamay bosgan qadamlari oqibatida norasida goʻdaklar ayni

oʻynab-kuladigan, mehrga, ilmga tashna davrida asirlar saqlanadigan qamoqxonalarda, ogʻir sharoitlarda yashashga mahkum qilindi.

Alloh taologa behisob shukrlar boʻlsinki, muhtaram Prezidentimiz topshiriqlari bilan mutasaddi tashkilotlar Iroq davlat hukumati

va YUNISEFxalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Iroq hududida ogʻir sharoitda qolayotgan 216 nafar ayollar va bolalarni Vatanimizga qaytarishga muvaffaq boʻldi. “Mehr” va “Mehr-2” deb ramziy nom berilgan mazkur insonparvarlik amaliyoti Hukumatimizning oʻz fuqarolariga nafaqat oʻz hududida, balki, xorijda ham gʻamxoʻrlik qilishining

va bagʻrikenglik, kechirimlilik tamoyillari asosida siyosat olib borayotganining yaqqol isbotidir. Bunday ishlar bardavom boʻlishi fuqarolarning Hukumatga nisbatan ishonchi ortishiga sabab boʻladi. Qator davlatlarda fuqarolarni Hukumatga qarshi gij-gijlanishi oqibatida notinchliklar keltirib chiqarilayotgan bugungi kunda xalqning oʻz Hukumati va Prezidentiga ishonchi ortib, uning atrofida jipslashishining ahamiyati beqiyosdir.

Aziz yurtdoshlar, yurtimizdagi rivojlanish va tinchlikni bardavom aylashini Alloh taolodan soʻrab, hamisha yaxshi duoda boʻlaylik.


AZIZ ASHUROV

Mi Arab oliy madrasasi talabasi


. .