ILMNING FAZILATLARI
Muallif: . .
Sana: 27.04.2024
165

Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishlikka islom ahlining qalbini moyil qilgan Zotga hamdlar bo‘lsin.

Yuborilishlari bilan hidoyat nurini sochgan Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamga va bu ummatning yulduzlari hisoblangan as’hobu kiromlarga salovotu salomlar bo‘lsin.

Kunlarimizning qimmatli vaqtlarida sarflanishi kerak bo‘lgan eng avvalo va unga e’tibor qaratish eng oliy bo‘lgan – ilm bilan shug‘ullanishlikdir. Ilm va uning ahlining fazilatlari borasida Qur’on va hadislarda juda ko‘p dalillar mavjud. Ular:

قوله تعالى:{ شَهِدَ اللَّهُ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ وَالْمَلَائِكَةُ وَأُولُو الْعِلْمِ قَائِمًا بِالْقِسْطِ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ}

Alloh taolo aytadi: Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o‘zga iloh yo‘qligiga shohidlik berdi.Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o‘zga iloh yo‘q. U aziz va hakim zotdir.[1]


وقوله تعالى:{ وَقُلْ رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا }

Alloh taolo aytadi: Robbim ilmimni ziyoda qilgin deb ayt.[2]


وقوله تعالى:{ إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاءُ}

Alloh taolo aytadi: Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar.[3]


وقوله تعالى:{ هل يستوي الذين يعلمون والذين لا يعلمون}

Alloh taolo aytadi: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?[4]


وقوله تعالى:{ يرفع الله الذين آمنوا منكم والذين أوتوا العلم درجات }

Alloha taolo aytadi: Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilganlarni darajalarga ko‘taradir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham quyidagi hadislar rivoyat qilingan

عَنْ عُثْمَانَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ

« خَيْرُكُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَ وَعَلَّمَهُ» رواه البخاري

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Sizlarning yaxshilaringiz Quronni organib va boshqalarga orgatganingizdir”


وعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم :«مَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَلْتَمِسُ فِيهِ عِلْمًا سَهَّلَ اللَّهُ لَهُ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ»رواه أحمد وإسناده صحيح

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim ilm talab qilish yolini tutsa, Alloh taolo unga jannat yolini oson qiladi”


وعَنْ مُعَاوِيَةَ رضي الله عنه قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم:«مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ...» متفق عليه

Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qoyadi”.

وعَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رضي الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ « إِذَا مَاتَ الإِنْسَانُ انْقَطَعَ عَنْهُ عَمَلُهُ إِلاَّ مِنْ ثَلاَثَةٍ إِلاَّ مِنْ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ »

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Inson olganidan keyin 3 ta amalidan boshqa barcha amallari kesiladi. Ular: sadaqai joriya; foydali ilm; ozining haqqiga duo qiluvchi solih farzand.

Ilm borasida salaf solihlarimizning so‘zlari:

قال الشافعي : "من تعلم القرآن عظمت قيمته، و من تكلم في الفقه نما قدره، و من كتب الحديث قويت حجته، و من نظر في اللغة رق طبعه، و من نظر في الحساب جزُل رأيه، ومن لم يَصُن نفسه لم ينفعه علمه"

Imom Shofeiy aytadilar: “Kimki Qur’on o’rgansa qadri ulug’ bo’ladi, kimki fiqh haqida gapirsa qudrati oshadi, kimki hadis yozsa dalili kuchayadi, kimki lug’atga qarasa tabiati yumshayadi, kimki hisobga qarasa tafakkuri oshadi, kimki nafsini tiya bilmasa ilmi unga foyda bermaydi”.[5]


وقال أيضاً:" طلب العلم أفضل من صلاة النافلة "

Yana o‘sha kishi aytadilar: “Ilm talabida bo‘lishlik, nafl namozdan afzaldir”.[6]


و قال أبو الأسود الدؤلي : " ليس شيء أعز من العلم، الملوك حكام على الناس، والعلماء حكام على الملوك
Abu Asvad Ad-dualiy aytadilar: “Ilmdan azizroq narsa yo‘q. Podshohlar odamlar ustida hokim bo‘lishsa, olimlar podshohlar ustida hokim bo‘lurlar”.

و قال وهب:"يتشعب من العلم الشرف و إن كان صاحبه دنيّا، و العز و إن كان مهينا، والقرب و إن كان قصيّا، و الغنى و إن كان فقيرا، و المهابة و إن كان وضيعا

Vahb aytadilar: “Ilmdan sharaf ajralib chiqadi garchi ilm sohibi past bo‘lsa ham, behurmat bo‘lsa aziz bo‘ladi, uzoq bo‘lsa yaqinlashadi, kambag‘al bo‘lsa boy bo‘ladi, nasabi past bo‘lsa ulug‘lanadi”.

Ilm haqida qodir bo‘lguncha dalillarni ko‘rib chiqdik. Alloh taolo bilganlarimizga amal qilmoqlikni muyassar qilsin!

Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Boltabayev Ikrom



[1] Oli Imron surasi 18-oyat

[2] Toha surasi 114-oyat

[3] Fotir surasi 28-oyat

[4] Zumar surasi 9-oyat

[5] Tobaqot ash-shofeiyya

[6] Shofeiy odobi

. .