ILMNING FAZILATI
Muallif: . .
Sana: 27.02.2024
107

Alloh Taoloning o‘zining Rosuli va bandalariga qilgan birinchi buyrug‘i.

Buyuk Robbimiz olamlarga rahmat qilib yuborilgan Rosululloh (sollolohu alayhi vasallam)ga nozil qilingan birinchi oyat:

ٳقرأْ بٱسم ربّك الذى خَلَقَ۝١ خَلَقَ الٳ نسان منْ عَلَقَ۝٢ٱقْرَأْ وَرَبّكَ ٱلأكْرَمُ۝٣

ٱلّذىعلَّمَبٱلْقَلَم۝٤ علَّمَ ٱلٳ نسَنَ مَالَمْ يعلَم۝٥

(Ey, Muhammad, butun borliqni)yaratgan Zot bo‘lmish Robingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing!Rabbingiz esa karamli zotdir.U insonga qalam bilan (yozish)o’rgatgan zotdir.U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi. Bu ummatning amri “IQRO” bilan nozil bo‘ldi. Shuningdek Iyso (alayhissalom) go‘daklik choglarida onalari bag‘rilarida aytgan birinchi kalimalari quyidagicha bo‘lgan:

“ Men Allohning quliman”

Iyso (alayhissalom)ning ummatlarimanashu ishda adashib ketishligining ehtimoli katta bo‘lganli sabali Alloh subhanahu va taalo u kishining muborak tillariga birinchi bo‘lib ushbu kalimani jo qildi. Agarda Iyso (alayhissalom)ning ummatlari Iyso (alayhissalom)ni Allohning quli deyishlikdan adashib Allohning o‘g‘li deyishsa bas ular zalolatga yuz tutishadi. Shuningdek, islom ummati Alloh taoloning birinchi buyrug‘iga amal qilmasa islom ummati tanazzulga yuz tutadi. Barchamiz Alloh taolo uchun ilm olmog‘imiz, u Zot rozi bo‘lmog‘i uchun ilm tarqatmog‘imiz zarur.

Ilm qachon manfaatli bo‘ladi? Agarda yaratgan Robning ismi ila, xolis u uchun o‘qilsa. Albatta Alloh taolo roziligi uchun o‘qilmagan ilm zohiran manfaatli ko‘rinsada, boshqa tomondan zararlibo‘laveradi.

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam dedilar: “Kimiki espaslar bilan tortishish yoki ulamolar bilan o‘zishish yoki odamlar e’tiborini qaratish uchun oxirat ilmini olsa, do‘zaxdan joyini tayyorlab qo‘ysin”.

Aksartolibi ilmlarda bunday vasvasalar kuzatiladi. Shu sababdan tolibi ilmlarga niyatini yangilab turish lozim va lobutdir.

Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari:

Ilm fazilati Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan quyidagi so‘zlari ilmning fazilatli ekaniga ochiq dalildir:

“Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar” (OliImron surasi, 18-oyat).

Bu oyatda Alloh taolo avval o‘zini, keyin farishtalarni, so‘ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana shuning o‘zi ilmning sharafli, fazilatli va ulug‘ ekanini anglash yetarlidir.

Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: “Olimlarning darajasi ilm olmagan mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz yillik yo‘lga teng.

Alloh taolo:

“Ayting (ey Muhammad): Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?! deb aytgan” (Zumar surasi, 9-oyat).

Bu oyatda Alloh taolo biladigan zotlarni nimani bilishligini zikr qilmadi balki umumumiy keltirdi. Ze’ro ilmning barcha turi va mohiyatini o‘z ichga olishligi uchun. Shunday ekanuuchun hol ilmi bo‘lgan diniy ilmlarni va dunyoviy ilmlarni puxta egallash musulmonlar uchun zarurdir.

Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi:

Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: “Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi”

Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: “Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir. Allo taolo barchamizni bu ulug‘ sharafga noil qisin.

Foydalanilgan adabiyotlar;

1. Qur’oni karim

2. Imom Buxoriyning Sahihi Buxoriy

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Tafsiri hilol’’

4. Imom Navaviyning At-Tibyon fi adabi hamalatil Qur’an

5. Imom G‘azzoliyning Ihyou ulumid-din’’


Mir Arab oliy madrasasi
Jumayeva Ferangiz

. .