ILMNING FAZILATI
Muallif: . .
Sana: 30.01.2024
98

Alloh taolo insoniyatga Qurʼoni Karimning ilk oyatlarida o‘qishga ilohiy xitob qilgan. Chunki inson Alloh taoloni ilm orqali tanib, so‘ng ibodat qiladi. Ilm insonlarga haq yoʻldan yurishni o‘rgatadi. Alloh insonlarni yaratishidan maqsad quyidagi oyatda shunday degan: yaʼni: “ Men jinlarni ham insonlarni ham faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim” ( Zariyat surasi, 56-oyat)

Ilmsiz ibodat bo‘lmaydi. Ilm va ibodat ikki gavhardir. Bu ikki gavharning eng ustuni, eng fazilatlisi va qadrlisi ilmdir. Chunki ilm bir daraxt bo‘lsa, ibodat uning mevasidur. Bu daraxtdan insoniyat foydalanish kerak. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz sallalohu alayhi vasallam bir qutlugʻ hadisda marhamat qiladilarki: Ilm odamiga bir karra eʼtibor berish mening yonimda bir yil kunduzi roʻza tutib, kechasi namoz o‘qishdan sevimliroqdir.

Insonning ibodati to‘kis va nuqsonsiz bo‘lishi uchun, birinchi ilm olishi kerak. Haqiqiy muallim Haq toaladir. Har bir bandasiga to‘g‘ri yo‘lni va ilmni ilhom qilsin. Insonning to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi birinchi ustoz ota-onasi bo‘ladi.

Ilm olish bu dunyoda sharaf, oxiratda esa izzat ikrom tojidi. Mana shu tojni olish uchun ota-onalar farzandlarini ilmga yo‘naltirish kerak. Farzand avvalom bor tarbiyani oiladan oladi. Shuning uchun ota-ona oiladagi muhitni yaxshilashi kerak. “Qush uyasida koʻrganini qiladi” deganlaridek. Farzandlar ham ota-onasidan ko‘p narsa oladi. Farzandlari shuni ilmga, kitobga boʻlgan muhabbatini oshirishi kerak. Ota-ona kitob o‘qisa albatta farzand ham kitob oʻqiydi. Har bir buyuk inson ortida ilmli ota-ona bo‘ladi. Ayniqsa qizlarimizni ilmli qilishimiz kerak. Chunki farzandni ko‘proq onalar tarbiya qilishadi.

Hozirgi zamonda musulmonlar ilmda orqada qolgan. Chunki kitob oʻqish yo‘qolib bormoqda. Kitob oʻqimagan insonning tafakkuri past bo‘ladi. Yoshlarimiz kitob oʻqimasa, ilm daraja pastlab boraveradi. Bolalarimizdan telefonni olib, kitob bermasak kelajagimiz yaxshi bo‘lmaydi. Inson faqat ilm orqali ikki dunyoda ham yuqori darajadlarga chiqadi. Inson bu dunyodan oʻtgandan keyin ham, faqat ilm sababli najot topadi. Najot ilmda dur. Hozir insonlarning ko‘pi nafsning, pulning ortidan yugurib yurishibdi. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Farzandlarimizga ham shuni o‘rgatyabmiz. Hech kim boylik ortidan quvib yaxshilik ko‘rmagan. Boylik haloqatga olib boradi, ilm esa saodatga olib boradi. Inson bu soʻzlarni mohiyatini anglashi kerak. Ilm-nurdir. Bu dunyoda qalbing nurga toʻladi. U dunyoda qabring va oxirating nurga toʻladi. Bu dunyo sinov dunyosidir. Oʻquvchilar bu dunyoda bilim dargohiga kirishi uchun ilm olganidek, har bir inson Allohning imtihonidan o‘tishi uchun ilm olishi kerak.

Ilm insonni – Alloh sari, jannat sari yetaklaydi. Aqli bor odam albatta ilm olishga harakat qiladi va ilmning fazlini biladi. Bilimli qalbdangi Alloh makon topadi deydilar. Siz ilm yoʻlida bo‘lsangiz Alloh sizni ikki dunyongiz uchun kifoya qiladi. Dunyo musulmonlariga foydali ilmni Alloh nasib qilsin. Insonni qoloqlikdan faqat ilm olib chiqadi. Insonning umri qisqa, mana qisqa umrimizni yaxshi amallarga sarflashimiz kerak. Ilm – ummondir. Inson mana shu ummondan nasibasini vaqt borida olib qolishi kerak. Keyin esa kech bo‘ladi. Olim boʻlmasakda ilm yo‘lida bo‘laylik. Olgan ilmimizga oz boʻlsada amal qilaylik. Ilmli inson ikki olamda ham xor boʻlmaydi. Bu dunyoga nega kelganimizni anglashimiz kerak, bu esa ilm orqali erishiladi. Inson qaysi joyda tug‘ilsa o‘sha joyda ilm olib halqiga xizmat qilishi kerak. Halqga xizmat Haqqa xizmat degan donolar. Alloh barcha bandalarini ilm yo‘liga boshlasin. Ilmli bandalar qatorida qilsin.......!

Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Bo‘stonova Gulyuz

. .