UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA
Muallif: . .
Sana: 14.12.2023
243

Mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevori yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqida gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessans mazmun-mohiyati har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.

“Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy me’rosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, teran ildizlaridan dalolat beradi” – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qoʻydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi-XVI asr birinchi choragi.Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, IbnSino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar – Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar – Moturidiy va Abul Muin.

Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi. Ikkinchi Renessansda – Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarla ryaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur.

Inson – Yangi Renessans ijodkoridir. Har bir jamiyat oʻziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga oʻz taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va boshqa qator talablar qoʻyadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga toʻliq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojibuni “tugaler”, Forobiy “fozilkishi”, tasavvuf namoyandalari “komilinson” deb ataganlar. “Har tomonlama rivojlangan shaxs”, “uygʻun rivojlangan shaxs” atamalari ham qoʻllanilgan. Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qoʻllay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qoʻllamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan “toʻrtinchi sanoat inqilobi” insonga qoʻyadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va taʼlim-tarbiyatizimini ularga moslashtirishiz kerak. Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal yoʻllarini topmogʻimiz lozim.
Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor.

Uchinchi Renessans gʻoyasini oʻqitish va keng jamoatchilik ongiga yetkazishda nihoyatda ehtiyotkor boʻlish, meʼyordan oshirib yubormaslik talab etiladi. Mafkuraviy ishlarda sovetdavridan qolgan bir illatbor: har qanday gʻoya targʻibotini kampaniyabozlikka aylantiramiz. Bilganni ham, bilmaganni ham ertayu kech tinimsiz gapirtiramiz, odamlarning meʼdasiga tegib qolganini sezmaymiz. Gʻoyaning mazmunini asta-sekin joʻnlashtiramiz, baʼzi jihatlarini esa beixtiyor soxtalashtirib qoʻyamiz. Dialektika qonuniga binoan meʼyor buzilsa, har qanday jarayon oʻzining inkoriga aylanadi. Oddiy tilda bu “qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarish” deyiladi. 2000-yilda eʼlon qilingan milliy gʻoya ana shunday munosabatga uchradi. Shoshib uni taʼlimning barcha boʻgʻinlariga joriy qildik, lekin gʻoyaning ilmiy tadqiqotiga va asoslanishiga deyarli eʼtibor bermadik. Islohotlarning aniq vazifalari va sohalarning xususiyatlari bilan bogʻlab, jonli mazmun bagʻishlash xayolimizga kelmadi. Natijada u mafkurabozlik domiga tushibqoldi.

Uchinchi Renessans gʻoyasining oraliq bosqich vazifalari aniqlanishi kerak. Masalan, 2030-yilda, 2040–2050-yillarda biz aholi jon boshiga taxminan qancha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaramiz, jahon reytingida taxminan qanday oʻrinlarga koʻtarilamiz. Taʼlim, madaniyat, ilm-fan sohalarida qanday koʻrsatkichlarni, marralarni zabt etamiz. Ular boʻyicha moʻljallar belgilanishi lozim. Shunda mazkur gʻoyaning safarbarlik taʼsiri konkret va kuchli boʻladi. Ammo moʻljallar havoyi boʻlmasligi, konkret raqamlardan tashkil topmasligi kerak. Yangi AKT, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt yaratish va shu kabi yoʻnalishlardagi vazifalar ham eʼtibordan chetda qolmasligi zarur.

Xulosa qilib aytganda, har qanday buyuk rejalar, buyuk gʻoyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻlansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketadi. Prezidentimizning tabrik nutqida asosiy yoʻnalishlar va vazifalar belgilab berildi. Endi hammamiz, butun jamiyatimiz, ularni amalga oshirishga kirishmogʻimiz lozim.

Mir Arab oliy madrasasi 1-bosqich talabasi
Taniqulov Izzatullo

. .