AQIDADA ADASHMAYLIK
Muallif: . .
Sana: 24.05.2023
295

“Aqida” so‘zining o‘zagi lug‘atda “aqd” ya'ni “tugish”, “bog‘lash”, “mahkamlash” ma'nolarini anglatadi. “Aqida” so‘zining shar'iy atamasi esa “biror narsaga shak-shubhasiz darajada qat'iy ishonish”ga aytiladi. Demak, aqida qalbda sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, u inson qalbidan ishongan, o‘zi uchun e'tiqod qilib olgan narsalarga aytiladi. Agar o‘sha qat'iy ishongan narsasi to‘g‘ri bo‘lsa, u to‘g‘ri aqida hisoblanadi. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, botil aqida sanaladi. Xuddi Ahli sunna val jamoa aqidasi – to‘g‘ri aqida va adashgan firqalar aqidasi esa – botil aqida deganga o‘xshab.

Aqida ilmi oxiratda najot topishda ahamiyatli ekanligi sababli har bir kishi o‘rganishi vojib bo‘lgan ilmdir. Kimning aqidasi to‘g‘ri bo‘lsa, imoni to‘g‘ri bo‘ladi va oxiratda omonda bo‘ladi. Kimni aqidasi to‘g‘ri bo‘lmasa, buning aksi bo‘ladi.

Aqida ilmi inson hayotida odob-axloq, ibodat, oldi-berdi aloqalari va barcha ilmlardan muhimroq o‘rin tutadi. Chunki inson Islomni qabul qilgandan so‘ng, birinchi navbatda uning zimmasiga ibodatlarni o‘rganishdan ham avval aqida ilmini o‘rganish vojib bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuni Yaman ahliga elchi qilib yuborayotganlarida: “Avvalo ularni Alloh taoloni bir deyishga chaqiring, qachon ular Allohni bir deb bilishsa, Alloh taolo ularga besh vaqt namozni farz qilganligini xabarini bering”, – deganlar (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyatlari). Ushbu hadisi sharif aqidani naqadar ahamiyatli ekaniga dalolat qiladi. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Yaman ahlini namoz o‘qish va boshqa amallarni bajarishga buyurishdan avval, ularning aqidasini to‘g‘rilashga buyurdilar. Ushbuhadisisharifaqidaninaqadarahamiyatliekanigadalolatqiladi.Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Yaman ahlini namoz o‘qish va boshqa amallarni bajarishga buyurishdan avval, ularning aqidasini to‘g‘rilashga buyurdilar. Aqida ilmi eng sharafli ilm hisoblanadi. Zero aqida ilmi orqali engahamiyatli vaengulug‘ma’lumotlargaegabo‘linadi.Demak,ma’lumotlarningzarurativa sharofatliligigaqarab,ilmningsharafliekanligima’lumbo‘ladi. Qur’oni karimning Muhammad surasida shunday marhamat qiladi: “Bas,(ey,Muhammad!)Allohdano‘zgailohyo‘qekaninibilingvao‘z gunohingizuchunhamdamo‘minvamo‘minalar(ninggunohlari)uchunmag‘firat so‘rang!Allohsizlarning(budunyodagi)kezadiganjoylaringizniham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur” (19-oyat).

Ulamolarimiz mazkuroyati karimaning tafsirida shunday deydilar:“Ushbu oyatda Allohtaoloniyollg‘izekaninibilishgabo‘lganbuyruqistig‘foraytishgabo‘lgan buyruqdanoldinkeltirilmoqda”.BuesaAllohtaoloningyolg‘izliginibilish,ya’ni to‘g‘rie’tiqodnishakllantirishqanchalarahamiyatliekanigaishoradir.Shusababdan hamImomShofeiyrahimahulloh:“Fiqhdanoldinaqidailmigabuyurildik”,–deganlar.Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh esa:“Aqidada bilimdon bo‘lish fiqhiy ahkomlarda bilimdon bo‘lishdan afzalroqdir”, – deganlar. Alloh taolo barchalarimizni O‘zi rozi bo‘lgan haq yo‘lida bo‘lishimizga muvaffaq etib, aqidada adashishdan, turli firqalarga bo‘linishdan panohida asrasin!

Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Mamadaliyev Mahmudxon

. .